Jump to content
Rusalina

Запомним их такими....

Recommended Posts

Жойлари жаннатан бўлсин. Яқинларига оллох сабр берсин.

Share this post


Link to post
Share on other sites

Жойлари жаннатда бўлсин.

Share this post


Link to post
Share on other sites

Туйчи Орипов каби кучли актёрлар хозирги кунларда кам колмокда,уларни куп киррали истеъдоди хозирги актёрларда ва режиссёрларда умуман учрамайди.Аввал актёрда хам махорат хам овоз ва х.к эсингизда коларди,хозир эса узи якинда богчани тугатиб битта иккта ашулани айтиб дарров кинода артисли килади.Куриб кунглинг айнийди,телевизорни бушатмайди.ИМХО

Share this post


Link to post
Share on other sites

Ушёл из жизни самый знаменитый "Цыган" советского кино-народный артист СССР,замечательный молдавский актёр и режиссёр,просто порядочный и скромный человек-Михай Волонтир...Наше поколение выросло на легендарных образах настоящих мужчин-защитников Родины,созданных Михаем Ермолаевичем - прапорщик ВДВ Волентир в лучших советских боевиках "В зоне особого внимания" и "Ответный ход",капитан морской авиации Скиба в фильме "Случай в квадрате 36-80" и конечно же,незабвенный Будулай в любимом сериале.Последние годы актёр тяжело болел,но продолжал творить на сцене и в кино.Светлой памяти этого доброго и талантливого человека,уходят Легенды Феномена под названием "Великое Советское Кино"...

Share this post


Link to post
Share on other sites
Скончался известный актер театра и кино Обид Юнусов 
 
7sUiku14428182062353_b.jpg

 

Народный артист Узбекистана Обид Юнусов скончался в возрасте 81 года.

 

Народный артист Узбекистана, известный актер театра и кино Обид Юнусов скончался в понедельник в возрасте 81 года. Соболезнования в связи с его кончиной выразило Министерство по делам культуры и спорта.

 

Обид Юнусов родился в Ташкенте в 1934 году. В 1956 году окончил актерский факультет Ташкентского театрально-художественного института. Вплоть до 1996 года он выступал в Узбекском государственном академическом театре драмы имени Хамзы (ныне Узбекский национальный академический драматический театр), где исполнил более 100 ролей.

 

Актер также известен по десяткам ролей в кино, он участвовал в радио- и телеспектаклях, а также дубляже более 1000 фильмов.

 

В 1987 году Обиду Юнусову было присвоено почетное звание «Народный артист Узбекистана».

 

Источник

Edited by sid92

Share this post


Link to post
Share on other sites

O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI OBID YUNUSOV HAYOTDAN KO‘Z YUMDI

 

1442815627_obid-yunusov.jpg

 

O‘zining teatr va kinodagi betakror obrazlari bilan xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan aktyor,  O‘zbekiston Xalq artisti  Obid Yunusov 21 sentyabr kuni 81 yoshida vafot etdi. 

 

Iste’dodli teatr va kino aktyori Obid Yunusov 1934 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 
 
1956 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgach, to 1996 yilgacha Hamza nomidagi O‘zbek Davlat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatrida aktyor sifatida faoliyat ko‘rsatib yuzdan ortiq turli xarakterga, qiyofaga va dunyoqarashga ega bo‘lgan, turli millatga mansub obrazlarni yaratdi.
 
Bu teatrda g‘arb, sharq, rus va o‘zbek dramaturgiyasining noyob durdonalari sahna yuzini ko‘rgan. Ularning ko‘pchiligidagi rollar Obid Yunusovga ishonib topshirilgan, aktyor ularni qiyomiga yetkazib o‘ynab, teatr ijodiy jamoasining ishonchini oqlagan. Kamol (O.Yoqubov, "Yurak yonmog‘i kerak", 1958), Bo‘rivoy (R.Bobojon, "Tog‘a va jiyanlar", 1960), Siddiqjon (I.Sulton, "Imon", 1960), Rustam (Shirvonzoda, "Nomus", 1961), Salim (Uyg‘un, "Shubha", 1961), Abbos (M.Shayxzoda, "Mirzo Ulug‘bek", 1961), Jeyms Teylor (S.Azimov, "Qonli sarob", 1965), Laert, Fortenbrans, go‘rkov (V.Shekspir, "Xamlet",1965), Nasriddin ("Nasriddinning sarguzashtlari", 1965), Valentin (V.Shekspir, "Veronalik ikki yigit", 1966), Rikardo ("O‘limdan kuchli", 1967), Karimjon (A.Qahhor, "Ayajonlarim", 1967), Xolmat (Hamza, "Boy ila xizmatchi", 1968), Buridan (A.Dyuma, "Ajal minorasi"), Qilichbek (E.Vohidov, "Oltin devor", 1970), G‘ani (N.Safarov, "Tarix tilga kirdi", 1972), Qorategin (Uyg‘un, "Abu Rayhon Beruniy", 1973), Sobir (I.Sulton, "Ko‘rmayin bosdim tikonni", 1974), Noyman (I.Rahim, "Chaqmoq", 1974), Ma’mur (S.Ahmad, "Kelinlar qo‘zg‘oloni", 1976), Hoji Siddiq (Z.Fatxullin, "Tomosha davom etadi", 1979), Madalixon (T.To‘la, "Nodirabegim", 1980), Garsiya (Chichkov, "Men Chiliga ishonaman", 1983), Mahmudxon (P.Qodirov, "Yulduzli tunlar"), general Gudaryan ("Marshal Jukov" 1985), Qosim (U.Nazarov, "Oyna", 1985), Yormat (Oybek, "Qutlug‘ qon", 1987), Podkolesnikov (Berdman, "Alvido hayot", 1988), Ma’mur (S.Ahmad, "Farmonbibi arazladi", 1989), Mirzarayim (Hamza, "Paranji sirlari, 1990), Sulaymon (U.Hojibekov, "Arshin mol olan", 1990), Abduvali (H.Muhammad, "Xotinlar gapidan chiqqan hangoma" 1993) kabi rang-barang obrazlar Obid Yunusovning 40 yillik ijodiy mehnati mahsulidir. Ularning har biri xususida alohida maqola, risola bitsa arziydi.
 
Bular orasida hayotiyligi, tabiiyligi, ta’sirchanligi, katta jozibasi bilan Rozovning "Oqshomdan tushgacha" dramasidagi Kirill, Uyg‘unning "Parvona" komediyasidagi O‘tkuriy va Sh.Xolmirzaevning "Qora kamar" dramasidagi Eshon obrazlari ajralib turadi. Obid Yunusov iste’dodini yorqin namoyon eta olgan bu obrazlar ayni paytda aktyor ijodining yetuk namunasi, o‘zbek teatr san’atining katta yutug‘i hisoblanadi.
 
"Qora kamar"dagi Eshon obrazi uchun Obid Yunusovga 1988 yilda O‘zbekiston Davlat mukofoti sovrini berilishi ham bejiz emas. Shu o‘rinda aktyor ijrosidagi qator obrazlar — o‘zini xalq ozodligi kurashiga bag‘ishlagan, dovyurak Azamat (I.Sulton, "Noma’lum kishi"), johil va bag‘ritosh josus Jeyms Tey¬lor (S.Azimov "Qonli sarob"), hayotda to‘g‘ri yo‘lni topolmay dog‘da qolgan G‘ani (N.Safarov "Tarix tilga kirdi"), Yormat (Oybek "Qutlug‘ qon") va boshqa obrazlarni ham ta’kidlamoq o‘rinlidir.
 
Obid Yunusovning teatrdagi yutuqlaridan mamnun bo‘lgan, u yaratgan hayotiy va yorqin obrazlarni ko‘rib bahra olgan kino ijodkorlari uni kinoda suratta tushishga taklif etishadi. Aktyor kinoda ham bir-ikki obrazni muvaffaqiyatli yaratgach, bu san’at dargohida ham o‘z o‘rnini topadi.
Obid Yunusov kinoda Yunus (Xachaturov, "To‘ylar muborak", 1978), Abdulla (R.Muhammadjonov, M.Abzalov "Chinor ostidagi duel", 1978), Asqar (S.Ahmad, M.Abzalov, "Kelinlar ko‘zg‘oloni"), Mullado‘st (Hamza, M.Abzalov ,"Maysaraning ishi", 1988) kabi 30 dan ortiq puxta va to‘laqonli obrazlar yaratdi. "O‘zbekfilm" kinostudiyasida uzoq yillar dublyajda faol qatnashib, 1000 dan ortiq filmlarga ovoz berdi.
 
Obid Yunusov ijodini radio va televideniesiz tasavvur qilish qiyin. U radioda qator radiospektakllarda qatnashib, bir necha obrazlar yaratdi.
Dubrovskiy (A.S.Pushkin, "Dubrovskiy"), Rustam (Shirvonzoda "Nomus") obrazlarini maromiga yetkazib ijro etdi, A.Qodiriyning "O‘tgan kunlar" romani asosida tayyorlangan radiospektaklda ham bosh rollardan birini ijro etdi. Shillerning "Qaroqchilar" asari asosida yaratilgan telespektaklda Karl Moor, O.Yoqubovning "Ulug‘bek xazinasi" telespektaklida Ali Qushchi obrazlarini ham O.Yunusov muvaffaqiyat bilan gavdalantirdi.
Iqtidorli teatr va kino aktyori Obid Yunusovning san’atdagi xizmatlari munosib taqdirlandi. 1987 yilda unga "O‘zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni berildi. 1988 yilda u Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1994 yilda aktyorning 60 yoshlik to‘yi nishonlandi.
 
Obid Yunusovning ijodiy izlanishlari, u yaratgan betakror obrazlar, o‘zbek teatr va kinosiga qo‘shgan munosib hissasi xalqimiz qalbida saqlanib qoladi.
 
Madaniyat va sport ishlari vazirligi  O‘zbekiston Xalq artisti Obid Yunusovning vafoti munosabati bilan uning oila av’zolari va yaqin qarindoshlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.
 

Источник

Edited by sid92

Share this post


Link to post
Share on other sites
 

alixojayev_25092015.jpg

 

Ўзбекистон халқ артисти Ўлмас Алихўжаев

 

Ўзбекистон халқ артисти, «Ўткан кунлар» фильмидаги Отабек, «Улуғбек юлдузи» фильмидаги Али Қушчи каби ўнлаб образлари орқали томошабинлар қалбидан абадий жой олган Ўлмас Алихўжаев 74 ёшида вафот этди.

«Ўзбеккино» Миллий агентлиги, Ўзбекистон Киноарбоблари бирлашмаси Ўзбекистон халқ артисти Ўлмас Алихўжаевнинг вафоти муносабати билан марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик изҳор этади.

 

---------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------

 

 

Известный киноактер Ульмас Алиходжаев скончался в возрасте 74 лет.
 

Народный артист Узбекистана Ульмас Алиходжаев скончался в возрасте 74 лет, сообщила пресс-служба агентства «Узбеккино».

Ульмас Алиходжаев — исполнитель множества ролей в кино, включая главные роли Отабека в фильме «Минувшие дни», Али Кушчи в «Звезде Улугбека» и Хамзы в фильме «Огненные дороги».

 

«Узбеккино» и Объединение кинодеятелей Узбекистана выразили соболезнования родным Ульмаса Алиходжаева в связи с утратой.

Edited by sid92

Share this post


Link to post
Share on other sites

6e9cafd711c5.jpg

 

 

Народный артист Узбекистана Ульмас Алиходжаев ушел из жизни 25 сентября 2015 года в Ташкенте. Ему было 74 года. 

О смерти артиста сообщило Национальное агентство «Узбеккино», выразившее соболезнования его родным и близким.

Ульмас Алиходжаев родился в Ургенче 30 июня 1941 года. Окончил Ташкентский театрально-художественный институт им. А. Н. Островского. Первую роль получил в кинофильме «Пятеро из Ферганы» в 1963 году. С 1964 года работал на киностудии «Узбекфильм», где снялся в четырех десятках фильмов. Сотрудничал и с другими киностудиями на советском и постсоветском пространстве.

Самые известные роли Ульмаса Алиходжаева - Отабек из исторической картины «Минувшие дни» (1969) режиссёра Юлдаша Агзамова по роману А. Кадыри и Хамза Хакимзаде Ниязи 

Будем помнить... Светлая память...

  • Like 1

Share this post


Link to post
Share on other sites

 

Советский и российский режиссер Эльдар Рязанов скончался в больнице в Москве в возрасте 88 лет. По информации телеканала LifeNews, кинематографист умер в ночь на 30 ноября около 00:00.

Share this post


Link to post
Share on other sites

Join the conversation

You can post now and register later. If you have an account, sign in now to post with your account.
Note: Your post will require moderator approval before it will be visible.

Guest
Reply to this topic...

×   Pasted as rich text.   Paste as plain text instead

  Only 75 emoji are allowed.

×   Your link has been automatically embedded.   Display as a link instead

×   Your previous content has been restored.   Clear editor

×   You cannot paste images directly. Upload or insert images from URL.


×
×
  • Create New...

Important Information

Читаем Terms of Use