Jump to content

Ustoz va murabbiylar kuni.


Bunyodkor03
 Share

Recommended Posts

Assalomu alaykum xurmatli ustozlar men sizlarni yaqinlashyotgan bayram bilan chin yuraktan tabriklayman sizlarga soglik omonlik ishlaringizga rivoj tilayman xurmat ila... BUNYODKOR

Link to comment
Share on other sites

  • 1 year later...

Istiqlol egalari bo'lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog'lom qilib voyaga yetkazishda o'qituvchi-murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o'g'il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo'lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoyi va halol xizmat qiladigan insonlar bo'lib yetishishiga zamin bo'lib xizmat qiladi. Muhtaram ustozlarimizga o'z hurmatimiz va e'tiborimizni 1997 yildan beri respublikamizda keng nishonlanib kelayotgan 1 oktyabr – Ustozlar va murabbiylar kuni yana bir bor izhor qilishimiz mumkin.

O'qituvchi – mas'uliyatli va mashaqqatli kasb, og'ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o'zlarini esa e'zozlab kelishgan.

 

Ustoz o'zidan keyin har bir insonning hayotida sezilmas, ammo juda muhim iz qoldiradi. shu birgina so'z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam.

 

O'qituvchi zimmasiga hayot talablariga to'la javob beradigan va o'z zamoniga munosib kishilarni tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifa yuklatilgan. Quyosh o'z nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, o'qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan o'quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to'ldirishga axd qilgan buyuk kasb egasidir.

 

O'qituvchi bog'bonga o'xshaydi. U tarbiyalab o'stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. O'qituvchi va murabbiylarning ma'suliyatli, ammo sharafli kasblarini bir mash'alaga qiyos etish mumkin.

 

Aziz ustozlar! Kasb bayramingiz muborak bo'lsin!

  • Like 1
Link to comment
Share on other sites

Join the conversation

You can post now and register later. If you have an account, sign in now to post with your account.
Note: Your post will require moderator approval before it will be visible.

Guest
Reply to this topic...

×   Pasted as rich text.   Paste as plain text instead

  Only 75 emoji are allowed.

×   Your link has been automatically embedded.   Display as a link instead

×   Your previous content has been restored.   Clear editor

×   You cannot paste images directly. Upload or insert images from URL.

 Share

×
×
  • Create New...

Important Information

Читаем Terms of Use